Diego Simeone: «Tottenxem»ga qarshi bahsda biz favorit emasmiz»
10 MART, 2026, 00:54
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi doirasida Londonning «Tottenxem» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Tottenxem»ga qarshi bahsda biz favorit emasmiz. Agar yodingizda bo'lsa, «Tottenxem» umumiy bosqichda to'rtinchi o'rinni egalladi, biz esa o'tish o'yinlarida (pley-off) ishtirok etdik. Favorit emasligimiz mutlaqo aniq», — deya Simeonening so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi «Atletiko» va «Tottenxem» o'rtasidagi dastlabki uchrashuv seshanba kuni, 10 martda bo'lib o'tadi.

