logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi

 9 MART, 2026, 16:54

Yarim himoyachi Manuel Lokatelli "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolash arafasida, u 2030 yilgacha klubda qoladi, deb xabar beradi italiyalik jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko'ra, Lokatellining maoshi yiliga 3,8 million evrodan 4 million evrogacha bo'ladi. Iqtidorli futbolchiga bir nechta Premer-liga klublari qiziqish bildirishgan, ammo u faoliyatini Turinda davom ettirish niyatida ekanligini aytib, rad javobini bergan.

Lokatelli "Yuventus"ga 2021 yilda "Sassuolo"dan qo'shilgan (dastlabki ikki yil ijara asosida o'tgan). Bu mavsumda 28 yoshli futbolchi klub safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va ikkita golli uzatma bergan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ