logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

WBC reytingi yangilandi: Meliqo'ziev 3 o'ringa ko'tarildi, Jalolov yana Top-10`da!

 9 MART, 2026, 14:16

Butunjahon boks kengashi (WBC) mart oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Yangi reytingdan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan. Superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov (16-0, 14 KO) 11-pog'onadan 10-o'ringa ko'tarilib oldi. Supero'rta vazndagi Bektemir Meliqo'ziev (17-1, 11 KO) g'alabasi evaziga 3 pog'onaga yuqoriladi va yangilangan reytingda 7-o'rinda qayd etildi. 

SHuningdek, ikki yo'nalishda sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (14-2, 11 KO) ham reytingdagi mavqeini yaxshilab olishga muvaffaq bo'ldi. U 12-pog'onadan 10-o'ringa ko'tarildi. Otabek Xolmatov (13-1, 12 KO) esa aksincha, bir pog'onaga pastladi. U 10-o'rinda bormoqda. 

Etiborlisi, superog'ir vazn toifasi reytingida Lazizbek Mullojonovni ham ko'rish mumkin. U 32-o'rinda ko'rsatilgan.   


Bokschilarimizning reytingi bilan tanishing: 

Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov (+101, 6 kg) - 10-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 11-pog'onada edi);

Superog'ir vazn: Lazizbek Mullojonov - 32-o'rin;

Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev 10-pog'onadan 7-o'ringa ko'tarildi;

Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Nurislom Ismoilov 37-o'rin (Eurasia kamari sohibi);

Birinchi o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 6-o'rin;

Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg): Mujibillo Tursunov 31-o'rin

Ikkinchi yarim engil vazn (-58,9 kg): Xurshidbek Rasuljonov 33-o'rin;

Yarimengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 10-o'rin (o'tgan oy 9-o'rinda edi);

Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 10-o'ringa ko'tarildi (o'tgan oy 12-o'rinda edi);

Ikkinchi eng engil vazn (55,3 kg): Muhammad SHexov 23-o'rin



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ