logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ikki futbolchi uchun 100 mln. "Real" yozgi transfer oynasidagi ustuvor maqsadlarini belgilab oldi

 9 MART, 2026, 12:32

Madridning "Real" klubi kelayotgan yozgi transfer oynasida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Onda Cero" malumotlariga ko'ra, klub ikki nafar futbolchini xarid qilish uchun taxminan 100 million evro ajratishga tayyor.

"Real" Antonio Ryudiger va David Alabani almashtira oladigan markaziy himoyachi qidirmoqda. Ikki futbolchining ham shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va ularning Ispaniya poytaxtini tark etish ehtimoli kun sayin ortayotgani qayd etilmoqda.

"Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya"si himoyachisi Niko SHlotterbekka, shuningdek, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodriga ko'z tikkan.

Xabar qilinishicha, "Real" kelasi yozda ushbu transferlar uchun taxminan 100 million evro sarflamoqchi. Biroq transfer bozoridagi keyingi faollik amaldagi tarkib futbolchilaridan kimdir sotilishiga chambarchas bog'liq.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ