logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silva uchun grand klublar o'rtasida poyga boshlandi

 9 MART, 2026, 08:06

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva katta ehtimol bilan klubdagi o'zining so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.

«Shaharliklar» sardorining shartnomasi shu yozda yakuniga etadi, ammo kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga da'vogarlar ro'yxatiga «PSJ» ham qo'shilgan. Parij grandi mavsum yakunida hujumkor yarim himoyachini erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Shuningdek, Bernardu Silvaga Turkiyaning «Galatasaroy» va Kataloniyaning «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi 2017 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ