logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ingliz futbolida fojia: «Oksford» akademiyasining 15 yoshli a'zosi o'yin vaqtida vafot etdi

 9 MART, 2026, 07:00

«Oksford» klubi akademiyaning 15 yoshli tarbiyalanuvchisi Ameliya Eplin vafot etganini ma'lum qildi. Ushbu fojia «Yunayted» mashg'ulot bazasida «Oksford» va «Fulxem» jamoalari o'rtasidagi o'yin vaqtida yuz berdi.

«Akademiyamiz o'yinchisi, 15 yoshli Ameliya Eplin vafot etganini chuqur qayg'u bilan ma'lum qilamiz. «Oksford»ning barcha a'zolari nomidan Ameliyaning oilasiga, do'stlariga, jamoadoshlari va murabbiylariga hamdardlik bildiramiz. Shuningdek, «Oksford» va «Fulxem» tibbiy xodimlariga, shu bilan birga, tezkor yordam xizmatlariga minnatdorchilik izhor etamiz. Klub Ameliyaning oilasiga, ushbu fojiali voqeadan qattiq ta'sirlangan o'yinchilar, murabbiylar va xodimlarga har tomonlama yordam ko'rsatadi. Ushbu og'ir damlarda oilaning shaxsiy hayotiga hurmat bilan qarashingizni so'raymiz», — deyiladi klub bayonotida.

«Oksford» ayollar jamoasining 8 mart kuniga belgilangan «Real Bedford»ga qarshi o'yini qoldirildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ