logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. «Lion» «Parij» bilan o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qoldi (Videosharh)

 9 MART, 2026, 06:54

Frantsiya chempionatining 25-turi doirasida bo'lib o'tgan mehmondagi o'yinda «Parij» jamoasi «Lion» bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Uchrashuvning 63-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Marshall Munetsi gol urib, hisobni ochdi. 90+6-daqiqada esa «Lion» xavbeki Korenten Tolisso penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Bu natija orqali «Lion» barcha musobaqalardagi ketma-ket uchta mag'lubiyatdan iborat seriyasiga chek qo'ydi. Jamoa 25 ta o'yindan so'ng 46 ochko bilan Frantsiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. «Parij» esa 13-pog'onadan joy olgan — jamoa hisobida 25 ta o'yindan keyin 27 ochko mavjud.

Frantsiya Liga 1. 25-tur
«Lyumer», Lion

«LION» — «PARIJ» — 1:1
Gollar: Munetsi 63 (0:1), Tolisso 90+6 — penaltidan (1:1).

«Lion»: Greyf, Niakate, Mata, Talyafiko (Tolisso, 58), Xatebur, Morton, Tessmann (Narti, 65), Mera (Yaremchuk, 58), Abner, Karabets (Endrik, 65), Ximbert (Xamdani, 82).

«Parij»: Trapp, Mbou, Koppola, Sangyui, Kamara, Le Melu, Matondo (Marketti, 87), Munetsi (Ollila, 90+1), Saymon (Gori, 73), Ikone (Koleosho, 73), Krasso (Immobile, 73).

Ogohlantirishlar: Morton (27), Talyafiko (50).

 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ