logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bellingem alohida dastur asosida mashg'ulotlarni boshladi

 8 MART, 2026, 19:30

Jud Bellingem bir oydan ortiq vaqtdan beri «Real» lazaretida qolmoqda — angliyalik futbolchi fevral oyi boshida jarohat olgan edi. Bellingem «Real» tibbiy shtabi nazorati ostida chet ellik mutaxassis bilan maslahatlashish uchun Londonga borib keldi. Endilikda Jud klub ixtiyoriga qaytgan. The Touchline nashrining xabar berishicha, yakshanba kuni ertalab yarim himoyachi bazada o'z dasturi bo'yicha alohida mashg'ulot o'tkazgan.

Shunisi aniqki, Bellingem «Real»ning yaqin oradagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Biz futbolchining holati haqidagi yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.

Chorshanba kuni, 11 martda «Real» o'z maydonida Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ