logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

115 mln evro va Tonali sizniki!

 8 MART, 2026, 18:12

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham o'yinchining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, agar «qarg'alar»ga Tonali uchun taxminan 115 million evro miqdorida taklif tushsa, klub uni sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga uchta gol va ettita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Xavbekning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ