logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

SHara Bulletning raqibi o'zgardi + FOTO

 8 MART, 2026, 16:32

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi uch kundan so'ng Braziliyadagi turnirda jang qiladi.

Aslida 11 mart kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan Hype Brazil turnirida u amerikalik Xorxe Masvidalga qarshi greppling qoidasi asosidagi bellashuvda gilamga chiqishi kerak edi. Masvidal safdan chiqqach, SHarabutdin Magomedovga yangi raqib berildi. Xorxening o'rnini braziliyalik Edson Barboza egallaydi. Liga bo'lib o'tgan o'zgarishni rasman elon qildi.

O'tgan yilning oxirida UFC o'rta divizionida ishtirok etuvchi 31 yoshli SHarabutdin Magomedov Erevandagi Hype turnirida Arman Carukyan bilan greppling bo'yicha durang natija qayd etgan edi. SHara aralash yakkakurashlar bo'yicha so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Mark-Andre Barrio ustidan zafar quchgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ