logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» «Yuventus»ning yana bir sobiq murabbiyiga qiziqish bildirmoqda

 8 MART, 2026, 14:48

Londonning «Tottenxem» klubi fevral oyida Tomas Frank bilan xayrlashib, mavsum yakuniga qadar Igor Tudorni vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlagan edi. Biroq xorvatiyalik mutaxassis kutilgan natijani bera olmadi — jamoa uning qo'l ostida uchta o'yinda mag'lubiyatga uchradi va hozirda Premer-liganing xavfli hududiga yaqinlashib qolgan. Xabarlarga ko'ra, «Tottenxem» allaqachon Tudorni iste'foga chiqarish haqida o'ylamoqda.

Transfer News Live nashrining Corriere dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, «Tottenxem» «Yuventus»ning yana bir sobiq murabbiyi — Tyago Motta nomzodini ko'rib chiqmoqda. U deyarli bir yildan beri klubsiz yuribdi.

Qizig'i shundaki, 2025 yilning martida Igor Tudor «Yuventus» boshqaruvida Tyago Mottaning o'rnini egallagan edi. Endi esa «Tottenxem»da vaziyat teskarisiga aylanishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ