logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Darvin Nunes APLga qaytishi mumkin

 8 MART, 2026, 14:48

Ko'rinishidan, «Chelsi» tarkibni kuchaytirish uchun yana mablag' sarflash niyatida. CaughtOffside nashri xabar berishicha, London klubi hujum chizig'i uchun Darvin Nunesni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

2022-2025 yillarda Nunes Angliyada «Liverpul» sharafini himoya qilgan. O'tgan yozda urugvaylik futbolchi 53 million evro evaziga «Al-Hilol»ga o'tgan edi. O'shandan beri Darvin 24 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 26 yoshli Darvin Nunesni 35 million evroga baholamoqda.

«Chelsi» ayni damda Premer-liga turnir jadvalida beshinchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ