logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri «Aston Villa»ni tark etishi mumkin: Murabbiy va rahbariyat o'rtasida kelishmovchilik

 8 MART, 2026, 14:24

Unai Emerining «Aston Villa» bosh murabbiyligi lavozimidan ketish ehtimoli kuchaymoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Emeri klub tomonidan qo'yilayotgan moliyaviy cheklovlarning kuchayib borayotganidan tobora ko'proq norozi bo'lmoqda. U jamoani 2022 yilda, klub APLda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bir paytda qabul qilib olgan edi. O'shandan beri «Aston Villa» doimiy ravishda evrokuboklarda o'ynab kelmoqda, biroq bu holat moliyalashtirish bilan bog'liq vaziyatga ijobiy ta'sir ko'rsatmayapti.

Ayni damda «Aston Villa» Premer-ligada 29 ta o'yindan so'ng 51 ochko to'plagan holda, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasi zonasida bormoqda.

Shuningdek, 12 mart kuni «Aston Villa» Evropa Ligasi 1/8 finali doirasida «Lill»ga qarshi dastlabki uchrashuvni o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ