logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» bosh murabbiyi «Piza» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng shartnoma masalasiga to'xtaldi

 8 MART, 2026, 14:18

Italiya chempionatining 28-turi doirasida Turinning «Yuventus» klubi «Piza» ustidan 4:0 hisobida yirik g'alabani bayram qildi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, «keksa sinora» bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'z shartnomasi borasidagi savolga javob berdi.

«Hozir kelajak haqida gapiradigan vaqt emas. Kelajakni jamoaning navbatdagi mashg'ulotida qurishda davom etamiz. Hozirgi vaqtda shartnoma u qadar muhim emas», — deya mutaxassisning so'zlarini insayder Janluka di Martsio etkazmoqda.

Turin klubi 50 ochko jamg'argan holda Italiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Spalletti va «Yuventus» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ