logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik tanqidlarga javob berdi: Yuqori himoya chizig'i qanday ishlaydi?

 8 MART, 2026, 12:18

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z sha'niga aytilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

«Odamlar doimo: «Yuqori chiziq, chiziq!» deb gapirishadi. Lekin bu unchalik to'g'ri emas. Biz qanchalik yuqorida o'ynashimiz yoki himoya chizig'ida qaysi futbolchilar bo'lishi muhim emas. Eng muhimi — qanday pressing qilayotganimiz. Agar biz yaxshi pressing qilsak, yuqori himoya chizig'i ish beradi. Aks holda, raqib bizga osonlik bilan hujum qilishi mumkin», — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Barça Universal.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining 27-turida «Barselona» safarda «Atletik»ni mag'lub etdi. 68-daqiqada Lamin Yamal tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.

Shuni ta'kidlash joizki, «Barselona» so'nggi to'rtta o'yinning uchinchisida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ