logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

MLS. Messi va De Paulning gollari «Inter Mayami»ga mehmonda «Di-Si Yunayted»ni mag'lub etishga yordam berdi (videosharh)

 8 MART, 2026, 11:00

8 mart tongida Vashington shahridagi «Audi Fild» stadionida MLS muntazam chempionatining navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda «Di-Si Yunayted» hamda «Inter Mayami» jamoalari to'qnash keldi. Mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

G'olib jamoa safida argentinalik yulduzlar — Rodrigo De Paul va Lionel Messi gol urdi. Maydon egalari tarkibida esa yagona golga Tay Baribo mualliflik qildi.

Mashhur urugvaylik hujumchi Luis Suares uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo'lsa-da, o'yinni zaxira o'rindig'ida boshladi.

Uchta turdan so'ng «Inter Mayami» 6 ochko bilan Sharqiy konferentsiyada uchinchi o'rinni egallab turibdi. Poytaxt jamoasi esa shuncha o'yindan keyin 3 ochko to'plab, Sharqda ettinchi pog'onada bormoqda.

Keyingi turda «Di-Si Yunayted» safarda «Chikago Fayr» bilan o'ynaydi, «Inter Mayami» esa mehmonda «Sharlott»ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 15 mart kuni bo'lib o'tadi.

MLS. 2026 yil 8 mart, yakshanba.
«Di-Si Yunayted» (Vashington) — «Inter Mayami» (Mayami) — 1:2
Gollar: 0:1 — Rodrigo De Paul, 17, 0:2 — Lionel Messi, 27, 1:2 — Tay Baribo, 75

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ