Maxachev va Topuriya jangini Oq uyda o'tkazish mumkin edi, ammo...
8 MART, 2026, 07:32
Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasidagi UFC yarimo'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi Oq uyda o'tkazilishi mumkin edi.Bu haqda «Vestnik MMA» telegram-kanali xabar berdi.
Manba malumotiga ko'ra, jangchilardan biri chempionlik jangi uchun shartnomani allaqachon imzolagan va raqibidan ham imzo kutgan. Biroq ikkinchi jangchi kelishuvga qo'l qo'ygan-qo'ymaganini tasdiqlashning iloji bo'lmagan.
Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt Oq uydagi turnir kardidagi juda yirik janglardan biri bekor bo'lganini malum qilgandi.
Manba: olamsport.com
