logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» «Nyukasl»ni mag'lub etib, Angliya Kubogi chorak finaliga yo'l oldi

 8 MART, 2026, 03:54

«Manchester Siti» Angliya Kubogi 1/8 finali doirasidagi mehmonda kechgan bahsda «Nyukasl»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Mehmonlar tarkibida Savio va Omar Marmush (dubl) gol muallifiga aylanishdi. Mateus Nunes esa o'z hisobiga ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Maydon egalarining yagona goliga Xarvi Barns mualliflik qildi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to'liq o'yin o'tkazdi.

«Manchester Siti»ning barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasi endilikda 11 ta o'yinni tashkil etmoqda.

«Shaharliklar»ning 1/4 finaldagi raqibi qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Angliya Kubogi. 1/8 final
08.03.2026 | 01:00
«Sent-Jeyms Park», Nyukasl

«N'YuKASL» — «MANChESTER SITI» — 1:3
Gollar: Barns 18 (1:0), Savio 39 (1:1), Marmush 47 (1:2), Marmush 65 (1:3).

«Nyukasl Yunayted»: Ramsdeyl, Botman, Tshau, Xoll (Livramento, 80), Tripper (Bern, 63), Tonali, Uillok, Voltemade (Gordon, 72), Barns, Elanga (Joelinton, 62), Osula (Vissa, 63).

«Manchester Siti»: Trafford, Stouns, Abduqodir Husanov, Ake, Mateus Nunes, Gonsales, O`Rayli, Reynders, Doku (Sherki, 79), Savio (Foden, 79), Marmush (Semeno, 73).

Ogohlantirishlar: Joelinton (78), Vissa (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ