logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Milan" "Real"ning rejalariga to'sqinlik qilmoqchi

 7 MART, 2026, 14:36

«Milan» rahbariyati jamoa ustozi Massimiliano Allegri bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi. Bu haqda Onefootball jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «rossoneri» italiyalik mutaxassisga 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan kontrakt taklif qiladi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko'zda tutiladi.

Bundan avval matbuotda Allegrining tayinloviga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugungi holatga ko'ra, «Milan» 57 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. «Rossoneri» peshqadam «Inter»dan o'n ochko orqada qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ