logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Musiala: "Nega bunday bo'lganini tushunmadim"

 7 MART, 2026, 13:30

«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala asosiy jamoada ilk bor taqqan sardorlik bog'ichi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Kimmix nima uchun uni menga berganini tushunmadim. Menimcha, Leon yoshi kattaroq bo'lgani uchun bog'ichni u taqishi kerak edi. Ammo men bundan xursandman. Bunday katta klubda sardorlik bog'ichini taqish men uchun yuksak sharaf», — deya Musialaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bayern & Germany.

Germaniya chempionatining 25-turida «Bavariya» Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini tor-mor etdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. Musiala bahsdagi gollardan biriga mualliflik qildi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Musiala barcha turnirlarda jami o'nta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ