logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Liga1. «Monako» mehmonda «PSJ»ni ishonchli hisobda mag'lub etdi

 7 MART, 2026, 03:18

Frantsiya chempionatining 25-turi doirasida «PSJ» o'z maydonida «Monako» jamoasidan 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuv Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yinning 27-daqiqasida Magnes Akliush hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Golovin (55-daqiqada) oradagi farqni oshirdi. 71-daqiqada Bredli Barkolya «PSJ»ning javob to'pini kiritgan bo'lsa-da, oradan ikki daqiqa o'tib Folarin Balogun yakuniy hisobni o'rnatdi.

Ta'kidlash joizki, «PSJ» darvozasini rossiyalik posbon Matvey Safonov qo'riqladi. Ushbu mag'lubiyatga qaramay, parijliklar hamon turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turishibdi, «Monako» esa ushbu g'alabadan so'ng kuchli beshlikka kirib oldi.

Frantsiya Liga 1. 25-tur

07.03.2026 | 00:45
«Park de Prens», Parij

PSJ — «MONAKO» — 1:3

Gollar: Manes Akliush 27’ (0:1), Aleksandr Golovin 55’ (0:2), Bredli Barkolya 71’ (1:2), Folarin Balogun 73’ (1:3).

PSJ: Matvey Safonov, Ilya Zabarniy, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh, Ashraf Xakimi, Vitinya, Entso Fernandes (Li Kan In, 60), Uorren Zair-Emeri (Gonsalu Ramush, 74), Xvicha Kvaratsxeliya (Mayulu, 60), Dezire Due (Usman Dembele, 60), Bredli Barkolya.

«Monako»: Ken, Denis Zakariya, Vaut Fas, Tilo Kerer, Lamin Kamara, Bamba (Kristian Mavissa, 54), Kayo Enrike (Aleksandr Golovin, 54), Vanderson (Djordan Teze, 15), Mamadu Kulibali, Folarin Balogun (Mika Bieret, 81), Manes Akliush (Simon Adingra, 81).

Ogohlantirishlar: Vaut Fas (45), Folarin Balogun (71), Lamin Kamara (76), Ashraf Xakimi (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ