logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valverde: «Barselona»da ham muammolar bor, ammo...»

 7 MART, 2026, 02:24

Bilbaoning «Atletik» klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing bo'lajak turidagi raqibi — «Barselona» haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv shanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da (yakshanbaga o'tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.

«Barselona» ham xuddi biz kabi yaqinda Ispaniya Kubogini tark etdi, biroq ularda dam olish uchun qo'shimcha bir kun bor edi. Har bir jamoada bo'lgani kabi, «Barsa»ning ham o'z muammolari bor: masalan, ular Frenki de Yongni jarohat sababli yo'qotishdi. Ammo bunday holatlar doimiy ravishda sodir bo'lmoqda, chunki taqvim juda tig'iz va murakkab», — dedi Valverde matbuot anjumanida.

Kataloniya grandi 64 ochko bilan chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Atletik» esa 35 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ