logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dibala operatsiya qilindi: «Roma» yulduzi uchun mavsum deyarli yakunlandi

 7 MART, 2026, 02:12

«Roma» yarim himoyachisi va Argentina terma jamoasi a'zosi Paulo Dibala jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

Futbolchi tizzasidagi yallig'lanish tufayli 25 yanvardan beri maydonga tushmayotgan edi. «Calciomercato» nashrining yozishicha, bir oydan ortiq davom etgan igna bilan davolash kabi konservativ muolajalar samara bermadi.

Kecha Paulo «Roma»ning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etgandi, biroq taxminan o'n daqiqadan so'ng chap tizzasida yana og'riq sezgan.

Bugun futbolchining tizzasida operatsiya o'tkazildi. Artroskopiya tekshiruvi tashqi meniskning yirtilganini ko'rsatdi.

Endi o'yinchi reabilitatsiya jarayonini o'tashi kerak. Taxminlarga ko'ra, argentinalik uchun ushbu mavsum deyarli yakunlandi. Operatsiyani o'tkazgan professor Mariani Dibala kamida 45 kunni o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ