logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tudorga yana imkoniyat beriladigan bo'ldi

 6 MART, 2026, 22:48

Igor Tudor «Tottenxem» boshqaruvida atigi uchta o'yin o'tkazdi va ularning barchasida jamoa mag'lubiyatga uchradi. «Shporlar»ning turnir jadvalidagi holati ayanchli — xavfli hududdan bor-yo'g'i bir ochko ajratib turibdi. London klubi rahbariyati Tudorni hoziroq ishdan bo'shatishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.

Biroq, «talkSPORT» xabariga ko'ra, «Tottenxem» hozircha Tudorni iste'foga chiqarmaydi. Aynan xorvatiyalik mutaxassis jamoani Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga tayyorlaydi. Madriddagi bahs seshanba kuni, 10 mart sanasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, «Tottenxem» fevral oyida bosh murabbiy Tomas Frankni vazifasidan ozod etgan edi.

Payshanba kuni «Tottenxem» o'z maydonida «Kristal Pelas»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ