logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nodirbek Abdusattorov Prague Masters chempioni!

 6 MART, 2026, 18:32

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turniri o'z yakuniga etib boryapti.

Ayni daqiqalarda musobaqada so'nggi 9-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Turnir jadvalida 5,5 ochko bilan peshqadam bo'lib turgan Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemannga qarshi bahs olib bordi va durangga imzo chekdi. 

Nodirbekning chempion bo'lishiga to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan yagona ishtirokchi niderlandiyalik Yorden van Forest biroz kutiilmaganda eronlik Parham Maqsudluga imkoniyatni boy berdi. Van Forest hatto durang o'ynaganida ham Nodirbek chempion bo'lar edi. Faqat Yordenning g'alabasigina tay-breklarga murojaat qilinishiga sabab bo'lardi.    

So'nggi turda Nodirbek Yakubboev ham ajoyib g'alabani qo'lga kiritishga yaqin turibdi. U qora donalarda o'ynayotganiga qaramay, dunyoning to'rtinchi raqamli shaxmatchisi, germaniyalik Vinsent Keymerni mag'lub etishga muvaffaq bo'lmoqda. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ