"Braziliya bunga loyiq". Oliveyra UFC’dan stadionda turnir o'tkazishni talab qildi
6 MART, 2026, 18:16
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra promoushen rahbariyatiga murojaat qilib, Braziliyadagi stadionda turnir o'tkazishni so'radi."Bu haqda avval ham aytganman va oxirgi jangimdan keyin ham takidladim — Braziliya bunga loyiq. Hozir buni amalga oshirish vaqti keldi. Stadionda turnir o'tkazish vaqti keldi. Braziliya xalqi bunga loyiq. Maydon markaziga oktagon qo'ying - biz esa o'z ishimizni qilamiz — stadionni to'ldiramiz. Eshiting, Dana, Xanter, SHon SHelbi — kelinglar, buni amalga oshiramiz. Braziliya xalqi bunga loyiq va biz buni ajoyib tarzda amalga oshiramiz", — dedi Oliveyra.
Manba: olamsport.com
