logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal»da moliyaviy inqiroz xavfi bor

 6 MART, 2026, 16:30

Londonning «Arsenal» klubi byudjetni normallashtirish uchun asosiy tarkib futbolchilaridan birini sotib yuborishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Manbaning so'zlariga ko'ra, «kanonirlar» 300 million evrodan ortiq mablag' sarflangan yirik xaridlarning moliyaviy oqibatlarini yumshatish uchun kelayotgan yozda kamida bitta yulduz futbolchisi bilan xayrlashishiga to'g'ri kelishi mumkin. Ta'kidlanishicha, jamoani tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga Martin Edegor va Gabriel Martinelli kiritilgan.

Joriy mavsumda Edegor barcha turnirlarda 27 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi. Martinelli hisobida esa 37 ta o'yin, 11 ta gol va uchta samarali uzatma mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ