logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Lids» Daniel Farke bilan muzokaralarni to'xtatib qo'ydi: Hammasi mavsum yakuniga bog'liq

 6 MART, 2026, 13:36

Daniel Farke «Lids» bosh murabbiyi lavozimida qolishni istamoqda va shartnomani uzaytirish masalasini vaqtliroq hal qilish niyatida. Biroq, klub muzokaralarni mavsum yakuniga qadar qoldirdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Taxminlarga ko'ra, «Lids» rahbariyati kutishni va Farke keyingi mavsum uchun Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolish vazifasini uddalay olishini ko'rishni istamoqda.

Ayni damda «Lids» Premer-liga turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi. «Tovuslar» xavfli hududdan atigi uch ochko oldinda, xolos.

«Lids» navbatdagi o'yinini 8 mart kuni o'z maydonida Angliya kubogi 1/8 finali doirasida «Norvich»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ