logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

U-18 Jahon chempionati. Xokkeychilarimizda ketma-ket to'rtinchi g'alaba!

 6 MART, 2026, 12:48

Gonkongda davom etayotgan xokkey bo'yicha U18 jahon chempionatining III divizion “A” guruhida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.

Jamoamiz biroz avval yakuniga etgan uchrashuvda Bolgariya termasi bilan kuch sinashdi va 5:3 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Xamzin, Tillaxo'jaev, Abdalyazov, Kamalov va Abduvosiqov kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. 

Bugungi g'alabadan keyin yoshlarimiz 11 ochko bilan guruhda yakka peshqadamlikni davom ettirishmoqda. Gonkong va Isroil terma jamoalari hisobida 6 ochkodan bor. Endi terma jamoamiz 8 mart kuni Isroilga qarshi muzga chiqadi. Isroil birozdan so'ng Yangi Zelandiyaga qarshi bahs olib boradi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ