logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Edegor kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

 6 MART, 2026, 12:00

So'nggi vaqtlarda Martin Edegorning Londonning «Arsenal» klubidan ehtimoliy ketishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

27 yoshli futbolchi tez-tez jarohat olmoqda va joriy mavsumda «kanonirlar»ning asosiy tarkibida doim ham ko'rinish bermayapti. Yaqinda matbuotda norvegiyalik futbolchining klubni tark etishga tayyorligi haqida ma'lumotlar tarqaldi, biroq TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, vaziyat mutlaqo boshqacha: yarim himoyachi hali ham «Arsenal» uchun asosiy figura ekanligini isbotlash ishtiyoqida yonib turibdi va kelajagini London grandi bilan bog'lamoqchi. Sardor klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashdan mamnun bo'ladi.

Martin Edegorning «Arsenal» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ