logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" yangi yulduzlarni sotib oladimi? Laportaning transfer rejalari haqidagi javobi

 6 MART, 2026, 11:12

"Barselona" rahbari Joan Laporta klubning transfer rejalari haqidagi savolga javob berdi.

"Ko'k-anorranglilar"ning bir qator yulduz futbolchilarga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Kataloniya grandi prezidenti mos variantlar yo'qligini ko'rsatib, bu mish-mishlarni qisman inkor etdi.

"Albatta, agar zarurat tug'ilsa, biz yangi o'yinchilarni imzolashimiz mumkin. Lekin bu faqat munosib imkoniyat paydo bo'lgan taqdirdagina amalga oshadi. Hozircha men bozorda bunday variantlarni ko'rmayapman", – deya Laportaning so'zlarini keltirmoqda Managing Barca.

O'tgan qishki transfer oynasida "Barselona" safiga faqatgina qanot himoyachisi Joau Kanselu qo'shildi – u Saudiyaning "Al-Hilol" klubidan mavsum yakuniga qadar ijaraga olingan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ