logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pedro Palmer bilan munosabatlari haqida gapirdi

 6 MART, 2026, 08:54

«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro jamoadoshi Koul Palmer haqida gapirdi.

Braziliyalik va ingliz futbolchilari Premer-liganing o'tgan tur bahsida «ko'klar»ga «Aston Villa»ni tor-mor etishga yordam berishdi (4:1). Pedro o'z hisobiga xet-trik yozdirib qo'ygan bo'lsa, Palmer bitta gol bilan ajralib turdi.

«Hamma biladiki, Palmer — o'zgacha futbolchi. U men klubga kelgan ilk kunimdanoq yordam berishga harakat qilmoqda. U bilan birga o'ynash menga zavq bag'ishlaydi. Shuningdek, biz maydondan tashqarida ham ko'p vaqtni birga o'tkazamiz», — deya jurnalist Lloyd Kenfild Pedroning so'zlarini keltiradi.

Shanba kuni londonliklar Angliya kubogi doirasida safarda «Reksxem»ga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ