logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Igor Tudor iste'fo haqidagi savolga javob berdi

 6 MART, 2026, 08:00

"Tottenxem" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Igor Tudor allaqachon ehtimoliy iste'fo haqidagi savollarga duch kelmoqda.

Payshanba kuni "shporlar" Premer-liganing o'z maydonidagi bahsida "Kristal Pelas"ga imkoniyatni boy berishdi (1:3). Bu xorvatiyalik mutaxassis qo'l ostida jamoaning ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.

"Iste'fo xavfi? Men bu haqda o'ylayotganim yo'q. Men o'z ishimni qilishim kerak – tamom", – dedi fevral oyida ishdan bo'shatilgan Tomas Frankning o'rnini egallagan Tudor o'yindan keyingi intervyusida.

"Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 29 turdan so'ng 29 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. Londonliklarni Chempionshipga tushib ketish hududidan atigi bir ochko ajratib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ