logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa «Selta»ga qarshi o'yinda hujum chizig'ida yangilik tayyorlamoqda

 6 MART, 2026, 06:06

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Selta»ga qarshi bo'lajak uchrashuvda hujum chizig'ida yangicha kombinatsiyani sinab ko'rishi mumkin.

Diario AS nashrining xabar berishicha, murabbiy Kilian Mbappening o'rniga Gonsalo Garsiyani emas, balki Braim Diasni tushirishni rejalashtirmoqda. Marokashlik futbolchi Vinisius Junior bilan hujumchilar juftligini hosil qiladi, hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini esa Arda Gyuler egallaydi.

Garsiya esa o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlashi taxmin qilinmoqda. Arbeloaning fikricha, «Selta»ga qarshi bahsda «qaymoqranglilar»da qarshi hujumlar uchun bo'sh hududlar bo'ladi, bunday stsenariyda esa Braim ko'proq foyda keltirishi mumkin.

Uchrashuv juma kuni bo'lib o'tadi, bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ