logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa: «Alaba ertaga maydonga tushmaydi, Asensioda esa imkoniyat bor»

 5 MART, 2026, 23:36

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa matbuot anjumanida markaziy himoyachilarning sog'lig'i borasidagi savollarga javob berdi.

— Asensio va Alabaning holati qanday? Agar ular o'ynay olmasa, yoshlarga imkoniyat berasizmi?

— Alaba tiklanishga ulgurmaydi va ertangi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Asensio esa, fikrimizcha, o'ynay oladi. Bunga mashg'ulotlardan so'ng aniqlik kiritamiz. Agar to'satdan na u, na Alaba tayyor bo'lmasa, u holda akademiya futbolchilaridan biri maydonga tushadi. Bu Aguado yoki Lamini bo'lishi mumkin... ko'ramiz. Ammo menimcha, Asensio baribir uchrashuvga tayyor bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, juma kuni, 6 mart kuni «Real» safarda «Selta»ga qarshi maydonga tushadi. Vigodagi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (shanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ