logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kaka Modrichning etakchilik qobiliyatiga qoyil qoldi

 5 MART, 2026, 22:06

«Milan» klubining sobiq yulduzi Kaka «rossonerilar» markaziy yarim himoyachisi Luka Modrichning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Lukita — bu chinakam tabiat kuchi. Uning ko'rsatayotgan ishtiyoqi, etakchilik qobiliyati va albatta, yuqori texnikasini kuzatish juda maroqli. Uning Italiya futbolida ekanligi chempionat uchun juda foydali», — dedi ekspert.

Eslatib o'tamiz, xorvatiyalik yarim himoyachi 2025 yilning yozida Madridning «Real» klubidan «Milan»ga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda 40 yoshli Modrich barcha turnirlarda 29 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Futbolchining italyan klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ