logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniyalik jurnalist "Real" futbolchilarini tanqid qildi

 5 MART, 2026, 21:54

Cadena SER nashri jurnalisti Manu Karreno Madridning «Real» klubidagi ichki muammolar haqida ma'lumot berdi.

Avvalroq, «qirollik klubi» futbolchilari Alvaro Arbeloani uzoq muddatli bosh murabbiy sifatida qabul qilmayotganlari haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Ular boshqarib bo'lmas holatga kelib qolgan. Ularga bir murabbiy haddan tashqari ko'p bosim o'tkazgani uchun yoqmaydi, boshqasi — videotahlillarni juda uzoq ko'rsatgani uchun, uchinchisi esa — juda yumshoqligi uchun maqul kelmaydi... Arbeloaga esa uning darajasi etarlicha yuqori emas deb hisoblaganlari uchun shubha bilan qarashmoqda», — dedi Karreno.

Eslatib o'tamiz, «Real»ning sobiq futbolchisi jamoani yanvar oyida qabul qilib olgan edi. Ayni damda Arbeloa shogirdlari Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ