logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ular ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozonishdi": Arbeloa "Selta"ning kuchiga yuqori baho berdi

 5 MART, 2026, 21:24

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Selta»ga qarshi bo'lajak uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Bu juda murakkab safar bo'ladi. Biz ajoyib jamoa va o'z ishini mahorat bilan bajarayotgan murabbiyga qarshi o'ynaymiz. «Selta» — juda tartibli va o'z kuchiga qat'iy ishonch bilan harakat qiladigan jamoa. Bilishimcha, ular ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozonishdi. Ular haqiqatan ham chiroyli futbol namoyish etishmoqda.

«Real» kelganida «Balaidos» stadionida doimo ajoyib atmosfera hukmron bo'ladi. Shunday ekan, bizni navbatdagi qiyin va yuqori darajadagi mas'uliyat talab etadigan bahs kutmoqda», — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

«Selta» — «Real» uchrashuvi 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da (shanbaga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ