logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dibalaning tizzasi yana pand berdi

 5 MART, 2026, 20:24

Hujumchi Paulo Dibala sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelishda davom etmoqda. TuttoMercatoWeb nashri xabariga ko'ra, payshanba kuni argentinalik futbolchi mashg'ulotni muddatidan oldin tark etgan — uning tizzasida yana og'riq paydo bo'lgan.

Manbaning ta'kidlashicha, Dibala Italiya chempionatining 8 mart kuni bo'lib o'tadigan «Jenoa»ga qarshi o'yinida maydonga tusha olmaydi. Bu Paulo uchun «Roma» safida jarohat tufayli o'tkazib yuborilgan 41-uchrashuv bo'ladi.

Dibala oxirgi marta «Roma» libosida shu yilning 25 yanvarida maydonga tushgan edi. Shundan so'ng u aynan shu tizzasidagi muammo sababli bir nechta o'yinlarni o'tkazib yubordi. E'tiborlisi, «Yuventus»ga qarshi kechgan so'nggi bahsda Paulo qaydnomaga kiritilgan edi, biroq maydonda ko'rinish bermadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ