logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Beyl "Real"ning sobiq murabbiyini maqtadi: "U "Manchester Yunayted"da ajoyib ish qilgan bo'lardi"

 5 MART, 2026, 17:00

«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi Garet Beyl o'zining sobiq murabbiyi haqida fikr bildirdi. Uelslik futbolchi Karlo Anchelottini ko'klarga ko'tarib maqtadi.

«Karlo Anchelotti — men faoliyatim davomida ko'rgan odamlarni boshqarish bo'yicha eng yaxshi murabbiy. Agar siz o'ynamayotgan bo'lsangiz ham, u sizni o'zining eng yaqin do'stidek his qilishga majbur qilardi. Unda jamoadagi hammani mamnun qilishdek ajoyib qobiliyat bor.

O'ylaymanki, Anchelotti «Manchester Yunayted»da ham hayratlanarli darajada yaxshi ishlagan bo'lardi. Chunki u hammani birlashtira olardi. U har bir o'yinchidan maksimumni chiqarib oladi. Futbolda narsalarni soddalashtirish kerak — u esa bu borada haqiqiy daho», — dedi Beyl The Overlap dasturida.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ