logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Beyl: "Ronaldu APLda ancha yorqinroq o'yinchi edi"

 5 MART, 2026, 16:48

«Real Madrid»ning sobiq vingeri Garet Beyl madridliklarning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagani haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Angliya Premer-ligasidagi Krishtianu Ronaldu shubhasiz ancha yorqinroq futbolchi va vinger edi. Men «Real»ga kelgan vaqtimda esa u haqiqiy bombardirga aylanib bo'lgandi. U agar bor e'tiborini faqat gol urishga qaratsa, yakunda ancha ko'proq e'tirofga sazovor bo'lishini tushunib etgandi», — dedi Beyl The Overlap nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003–2009 va 2021–2022 yillar davomida «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. U «qizil iblislar» safida jami 346 ta o'yin o'tkazib, 145 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Portugaliyalik yulduz «Real»da 2009 yildan 2018 yilgacha faoliyat yuritgan. U «qaymoqranglilar» libosida 438 ta uchrashuvda maydonga tushib, 450 ta gol va 131 ta assist qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ