logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" antirekord qayd etdi

 5 MART, 2026, 16:36

Chorshanba kuni Mikel Arteta shogirdlari Angliya Premer-ligasining 29-turi doirasida safarda «Brayton» jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 9-daqiqada Bukayo Saka tomonidan kiritildi.

Ushbu bahsda «Arsenal» futbolchilari o'yindagi to'xtalishlardan so'ng to'pni yana maydonga kiritish (o'yinni qayta boshlash) uchun jami 30 daqiqa va 51 soniya vaqt sarflashdi. Bu «kanonirlar» uchun joriy mavsumdagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.

Ushbu vaziyat «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurtselerning keskin e'tiroziga sabab bo'ldi. U o'yindan so'ng «Arsenal»ning bunday harakatlarini «futbol emas» deb atadi va Premer-ligani vaqt cho'zishga qarshi chora ko'rishga chaqirdi.

Shunday bo'lsa-da, ushbu g'alaba va «Manchester Siti»ning «Nottingem Forest» bilan durang o'ynashi (2:2) natijasida «Arsenal» turnir jadvalidagi peshqadamlikni 7 ochkogacha oshirib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ