logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Beyl: "MYu" menga "Real"dan ko'proq pul taklif qilgandi"

 5 MART, 2026, 16:18

Uels terma jamoasining sobiq hujumchisi Garet Beyl 2013 yilda «Tottenxem»dan ketgan vaqtlarini yodga oldi.

«Ha, o'sha paytda men «Manchester Yunayted» bilan muzokaralar olib borganman. Ular menga «Real»dan ko'ra ko'proq pul taklif qilishgandi. Men Devid Moyes bilan gaplashganman, lekin qalbim «Real»ga tegishli edi», — dedi Beyl The Overlap nashriga bergan intervyusida.

Garet Beyl 2013 yilda «Tottenxem»dan «Real»ga 101 million evro evaziga o'tgan edi. U Madrid klubi safida jami 258 ta o'yin o'tkazib, 106 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Qaymoqranglilar» tarkibida uelslik futbolchi 15 ta sovrinni qo'lga kiritdi, ular orasida Chempionlar ligasidagi 5 ta g'alaba ham bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ