logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar qattiq xafa bo'ldi

 5 MART, 2026, 16:18

«Real Madrid» hujumchisi Rodrigo tizzasidagi xochsimon bog'lamlarini uzib oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. ESPN nashrining Braziliya filiali xabar berishicha, ushbu jarohat tufayli Neymar qattiq xafa bo'lgan. Hozirda «Santos» sharafini himoya qilayotgan yulduzli hujumchi «Real» o'yinchisiga dalda berish uchun tez-tez qo'ng'iroq qilib turibdi.

Ma'lum bo'lishicha, Rodrigo ushbu jarohat sababli yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatini aniq o'tkazib yuboradi. Shu bilan birga, matbuotda 34 yoshli Neymarning «selesao» bilan mundialga borish imkoniyatlari oshgani haqida yozilmoqda.

JCh-2026 guruh bosqichida Braziliya terma jamoasiga Shotlandiya, Gaiti va Marokko raqiblik qiladi. Turnirga uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ