logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn "Bavariya"ning navbatdagi o'yinini jarohat sabab o'tkazib yuboradi

 5 MART, 2026, 16:12

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Xarri Keyn Bundesliganing ertangi «Borussiya Myonxengladbax»ga qarshi uchrashuvini o'tkazib yuborishini ma'lum qildi.

«Xarri Keyn ertaga o'ynamaydi. U boldir qismidan zarba qabul qilib olgan va hali to'liq tiklangani yo'q. Bu shunchaki engil lat eyish, yaqin kelajak uchun xavotirli emas, lekin u yana bir kun bizga qo'shila olmasligi mumkin. Biz bu borada ancha xotirjammiz. Albatta, Keyn safimizda bo'lishini istardik, lekin futbolda bunday holatlar uchrab turadi», — dedi Kompani matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda Xarri Keyn «Bavariya» safida barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 45 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ