logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tomas Frank APLga qaytishi mumkin

 5 MART, 2026, 13:48

«Tottenxem»ning sobiq ustozi Tomas Frank Angliya Premer-ligasida ish boshlashi mumkin. Bu haqda Sun Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Kristal Pelas» mutaxassis xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. «Burgutlar» 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Oliver Glasner o'rniga munosib nomzod izlamoqda.

Hozirda «Kristal Pelas» Angliya chempionati turnir jadvalining ikkinchi yarmida bormoqda. Jamoa 35 ochko jamg'argan holda 14-pog'onani egallab turibdi. Glasner shogirdlari navbatdagi uchrashuvni safarda aynan «Tottenxem»ga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs bugun, payshanba, 5 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ