logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maxachevning menejeri Islamning mag'lubiyati yo'q UFC jangchisiga qarshi oktagonga chiqishiga munosabat bildirdi

 5 MART, 2026, 13:00

Yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempionining yangi vazndagi ilk himoya jangini kimga qarshi o'tkazishi ko'pchilikni qiziqtirmoqda.

Rossiyalik 34 yoshli Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz o'z mijozining navbatdagi raqibi yarim o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan ekvadorlik 26 yashar UFC’ning mag'lubiyatsiz jangchisi Maykl Morales ekani va ularning jangi 12 iyul kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Feyk yangiliklar", deb yozdi Abdel-Aziz o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islam hisobida jami 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U oxirgi jangini UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazib, g'alaba evaziga o'rta vazn toifasidagi UFC chempionligini qo'lga kiritgandi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ