Albertini: "Derbilar mening davrimdan beri juda ham hayajonli o'tgan"
5 MART, 2026, 10:42
"Milan"ning sobiq futbolchisi Demetrio Albertini portugaliyalik Rafael Leau haqida gapirdi.
Uning fikricha, Leau "Inter"ga qarshi bo'lajak o'yinda hujumni boshqarishi kerak, chunki u jamoa etakchisi.
"Derbilar mening davrimdan beri juda ham hayajonli o'tgan. Hozir klublarda deyarli faqat xorijliklar o'ynaydi.
Bu esa o'yinlarni biroz g'alati qiladi. Ammo "Milan"da Leau hujumni boshqarishi kerak. U klubning etakchisi", - deya Albertinining so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
