Layma Vladson Antaliyadagi turnirni g'alaba bilan boshladi
5 MART, 2026, 09:32
Tennis bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi vakilasi Layma Vladson Turkiyaning Antaliya shahrida o'tayotgan ITF W15 turnirida muvaffaqiyatli start oldi.Birinchi davra uchrashuvida hamyurtimiz reytingning 871-pog'onasida borayotgan bolgariyalik Juliya Stamatovani 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichiga yo'l oldi. Endi Layma 1/8 final davrada Ispaniya vakilasi Sara Dolsga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, 18 yashar Layma Vladson hozirda WTA reytingida 785, 20 yoshli Sara Dols esa 494-o'rindan joy olgan.
Manba: olamsport.com
