Ikkinchi raketkamiz reytingda o'zidan yuqorida borayotgan tennischini engdi
5 MART, 2026, 09:16
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha WTA Challenger turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Mukofot jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Megasaray Hotels Open turnirida vakilamiz Polina Kudermetova ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi ilk davrada rossiyalik Alina CHaraevaga qarshi bahs olib bordi.
Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan uchrashuvda Polina raqibasini 7/5, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. CHaraeva 2, Kudermetova 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Alinada ko'proq bo'ldi - 5 na 2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi. Polina kechagi g'alabasi evaziga muvozanatni tikladi - 1:1.
Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova WTA reytingida 147, Alina CHaraeva 137-o'rinni egallab turibdi. Bugun terma jamoamiz azosi 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi, vengriyalik Panna Udvardiga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 95-raketkasi bo'lib turgan Udvardi ilk bosqichda rossiyalik Anastasiya Gasanovani ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3. Kudermetova - Udvardi bahsi bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.

Manba: olamsport.com
